Понедельник, 20.08.2018, 19:24
Chiroyli.Ru
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [136]
Sport Yangiliklari [5]
Shou-Biznes Yangiliklari [3]
O'zbekiston [42]
Mahalliy [50]
Dunyo [47]
Texnalogiyalar [1]
Avto [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Январь » 12 » Toshkent metrosidagi interval soatlarining vaqtincha ishlamasligi Tashkent City qurilishi bilan bog‘liq
04:59
Toshkent metrosidagi interval soatlarining vaqtincha ishlamasligi Tashkent City qurilishi bilan bog‘liq
Toshkent metropoliteni bekatlaridagi interval soatlari — poyezdlar ketgan vaqtni ko‘rsatuvchi tablolarning vaqtincha ishlamayotgani Tashkent City ishbilarmonlik markazining qurilishi bilan bog‘liq. Bu haqda “Toshkent jamoat transporti” forumi foydalanuvchilari xabar qoldirgan.
Avvalroq Toshkent metropolitenidagi interval soatlari texnik sabablarga ko‘ra 8-yanvardan 20-yanvargacha vaqtincha ishlamasligi haqida xabar berilgan edi. O‘shanda “texnik sabablar”ning tafsiloti ma’lum emasdi.
Foydalanuvchilardan birining ma’lum qilishicha, Tashkent City’ning qurilishi munosabati bilan Toshkent metropoliteni boshqarmasi binosi va dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga olgan muhandislik korpusi buzilmoqda. Shu munosabat bilan dispetcherlik xizmati, aloqa va soatlar bilan bog‘liq boshqa muhandislik inshootlari boshqa joylarga ko‘chirilmoqda.
Aniqlik kiritishlaricha, “Chilonzor” va “O‘zbekiston” yo‘nalishlarining eski dispetcherligining bir qismi Yunusoboddagi “Minor” metro bekatidagi muhandislik-texnologik korpusga ko‘chiriladi, qolgani esa bekatlar bo‘ylab taqsimlab chiqilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni 29 bekatdan iborat bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra undan kuniga 180—200 ming yo‘lovchi foydalanadi.

Qurilishi 2017-yil kuzida boshlangan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar maydonda barpo etilmoqda. Markaz hududida biznes markazlar, savdo va ko‘ngilochar majmualar, mehmonxonalar, kongress-xoll, ko‘p qavatli turar joy binolari, xiyobonlar va sun’iy ko‘l barpo etiladi.
Tashkent City davlat unitar korxonasi direktori Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, loyiha to‘rt yilda — 2021-yil oxiriga qadar amalga oshiriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashkent City’ning qurilishini har 10 kunda shaxsan nazorat qilib turishini ma’lum qilgan.

Tashkent City’ning qurilishi munosabati bilan uning o‘rnida joylashgan O‘qchi va Olmazor mahallalari, shuningdek, bir qator obyektlar — Kinochilar uyi, sobiq O‘qituvchilar uyi (sobiq “Fond Forum” binosi), sobiq O‘rmonchilar uyi (sobiq Respublika OVIRi binosi) va boshqa inshootlar buzilmoqda.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 284 | Добавил: bokser8183 | Теги: Toshkent metrosidagi interval soatl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Yangiliklar
Поиск
Календарь
«  Январь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Kliplar
Copyright MyCorp © 2018
uCoz