Понедельник, 20.08.2018, 19:24
Chiroyli.Ru
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [136]
Sport Yangiliklari [5]
Shou-Biznes Yangiliklari [3]
O'zbekiston [42]
Mahalliy [50]
Dunyo [47]
Texnalogiyalar [1]
Avto [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Январь » 12 » O‘zbekiston YaIMda soyadagi iqtisodiyot ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qiladi
04:54
O‘zbekiston YaIMda soyadagi iqtisodiyot ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qiladi
O‘zbekiston YaIMda pinhona (soyadagi) iqtisodiyot ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi yig‘ilishida iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
“Ekspertlarning baholashicha, yalpi ichki mahsulotla soyadagi iqtisodiyot ulush 50 foizdan oshadi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojiga va budjet to‘lishiga xalaqit beradi”, — dedi amaldor.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu muammoni hal qilishdagi birinchi qadam valyuta bozorining liberallashtirilishi bo‘ldi, keyingi bosqichda esa soliq tizimi isloh etiladi.

“Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘i (20 foiz), agar u imtiyoz va preferensiyalar inobatga olinmagan holda undirilsa, davlat budjetining 80 foizigacha qoplashi mumkin. Aytmoqchimanki, biz 1-iyulgacha soliq tizimini qayta ko‘rib chiqamiz. Ikkinchidan, raqobat muhiti va barcha tadbirkorlar uchun teng shartlar yaratish bo‘yicha konkret takliflar kiritamiz, bu pinhona iqtisodiyotni legallashtirish imkonini beradi”, — ta’kidladi Mubin Mirzayev.

Pinhona iqtisodiyot ulushining tushirilishi soliq bazasini kengaytirishga yordam berishi hamda davlat budjetining daromad qismi barqarorligini ta’minlashi kutilmoqda.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 197 | Добавил: bokser8183 | Теги: O‘zbekiston YaIMda soyadagi iqtisod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Yangiliklar
Поиск
Календарь
«  Январь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Kliplar
Copyright MyCorp © 2018
uCoz