Понедельник, 20.08.2018, 19:24
Chiroyli.Ru
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [136]
Sport Yangiliklari [5]
Shou-Biznes Yangiliklari [3]
O'zbekiston [42]
Mahalliy [50]
Dunyo [47]
Texnalogiyalar [1]
Avto [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Статистика

Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Январь » 7 » Farrux Zokirov: Opamni 80 yoshga to‘lishini unga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan tabriklashni istardim
21:05
Farrux Zokirov: Opamni 80 yoshga to‘lishini unga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan tabriklashni istardim
AQShda gastrol safari bilan bo‘lib turgan “Yalla” ansambli 6-yanvarda Nyu-Yorkdagi “Uzoq yillik” markazida o‘zining birinchi konsertini berdi. The Bukharian Times gazetasi jurnalisti Rafael Nektalov ansambl rahbari Farrux Zokirovdan intervyu oldi, deb yozmoqda “Kultura.uz”.
Farrux Zokirov jurnalistning savollariga javob berar ekan, AQSh so‘nggi safari bundan 20 yil avval bo‘lgani va bu vaqt ichida nevarali bo‘lganini aytgan.

O‘zining 70 yoshi munosabat bilan tabrikni qabul qilib olgan Farrux Zokirov 2021-yilda ansamblning 50 yoshga to‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, u 7-yanvarda Nyu-Yorkda yashovchi yagona opasi Luizaning tug‘ilgan kuni ekanligini va uning 80 yoshga to‘lishini aytib o‘tgan.

Men uni sahnadan turib, bir necha yil avval unga bag‘ishlab yozilgan hamda mamlakatimizda va xorijda ommabop bo‘lgan qo‘shiqni kuylab tabriklashni istardim. U har kuni bajon-u dil ijro etiladi: “Sen bo‘lmasang yonimda”.

Farrux Zokirov, “Yalla” ansambli rahbari
Jurnalistning nima uchun ansamblda solistlar faqat erkaklar bo‘lgani haqida bergan savoliga Farrux Zokirov bunga gastrollarning ko‘p bo‘lishi va bu ba’zan ayol kishi uchun noqulayliklar tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatib, javob bergan.

Ansamblning AQShdagi konsertlarida “Uchquduq”, “Majnuntol”, “Choyxona” va boshqa qo‘shiqlar ijro etiladi.
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 292 | Добавил: bokser8183 | Теги: Farrux Zokirov: Opamni 80 yoshga to | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Yangiliklar
Поиск
Календарь
«  Январь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Kliplar
Copyright MyCorp © 2018
uCoz