Saytga kirish
A'zo bo'lish
SeXxUz.Ru - Ko`ngil ochar portal
Hikoyalar | Mohim 2 qism
-Hozir qayerda yashayabsan?
-Eski drama teatri ortida...
-Xohlasang men bilan birga tur. Bekorga xayxotday uyda bir ozim turaman. Uyim uncha uzoqdamas, shundoqqina vokzalning yonida...
-Ijara haqqi qancha boladi?
-Hech qancha. Oqishda yordam berib , "talpalarda poddershka" qilib yursang shuning ozi yetadi.
Jasurning bu hazili biroz oldin dushman qiyofasida turgan ikku kursdoshni dostga aylantirdi.
Jasur korinishidan qorachadan kelgan bolib, orta boyli, yangiliklarga ishtiyoqmand, otdan tushsa ham egardan tushmaydigan yigitlardan edi. Dadasi bolmish Rahmon aka shaharni kozga koringan tadbirkorlaridan bolib yolgizgina oglining kongliga qarshi bormasdi. Ikki yil oldin onasidan ajralgan Jasurning kongliga qarardi. Oqishda qiynalmasin deb uncha uzoq bolmagan joydan tort xonali kvartira ham olib berdi.
-Kunham ja issib ketdimi. Bu yerda otirgandan foyda yoq. Qani ketdik biznikiga...
-Ey yoq ishga borishim kerak.
-Qanaqa ish endi ishlashinga hojat yoq. Bugun olloh meni senga najot farishtasi qilib jonatdi. Hazildan nari men bilan turmasang hafa bolaman.
Ular oliygoh darvozasidan chiqqanicha bahslashib ketishdi. Jasur undoq otib, bundoq gapni aylantirib Sardorni ozi bilan birga yashashga kondirdi. Avvaliga ikki dost yaqindagina oliygoh roparasida ochilgan tamaddixonada ochiqqan qorinlarini toqlashdi. Keyin esa Sardorning ishxonasiga borishib xisob-kitobni hal qilishgach, undan song Sardor turgan kvartiraga borishdi. Uning narsalarini taksi mashinasiga ortishib, manzilni Jasurning uyi tomon burishdi.
Mana Jasur istiqomat qiladigan vokzal yaqinidagi kop qavatli binolar qad rostlab turgan joyga yetibham kelishdi. Darhaqiqat Jasur aytganchalik, oliygohga piyoda borsa on daqiqachalik yol masofasi. Taksi mashinasidan Sardorning yuklari tushurilib u bilan xisob-kitobni rostlashgach, mashina zum otmay kozdan goyib boldi. Jasurning roparadagi binoga kirishlari kerakligi ishorasidan song ikki kursdosh yuklarni olgancha imorat ichkarisi tomon qadam tashlashdi.
-Ufff. Yana oshxona derazasini yopishni unutibman. Esim teshikmi deyman har gal esimdan chiqadi, yamatmasam bolmaydi shekilli. Ishqilib mushuk-pushuk kirmagan bolsinda...
Uning bu gapidan song Sardorning kozi birinchi qavatda panjara bilan tosilgan ochiq turgan derazaga kozi tushdi.
-Demak birinchi qavatda yashar ekan (ichida oziga-ozi)
Bino podyezidan ichkariga kirishdi. Jasur birinchi qavat chap tomondagi temir qoplamali ancha mustahkam qilib ishlangan eshikning tirqishiga chontagidan olgan kalit soldida, ikki marta buragancha uni ochdi.
-Qani mehmon... Dozaxga marhamat.
Jasur bu gapi ikki kursdoshning bir-biriga qarab jilmayishiga olib keldi. Sardor ichkariga kirar ekan uyning ichiga sinchkovlik bilan razm soldi. Jasur kirgan zahoti oyoq kiyimini yechganicha oz uyini har bir joyini kursdoshiga tariflay ketdi. Bu yer yuvinish xona, bu yer mening xonam, anavi mexmonxona, mmm... bu yer oddiy xona. Uning yonidagisi sening xonang boladi, bu

joyni ozing tushungandirsana... Jasur koridor oxiridagi oynasi ochiq oshxonaga ishora qilganicha, ozini begonasirab turgan Sardorni boynidan tortib unga bergan xonasiga kirgazdi. Uy ancha shinamgina, zamonaviy uslubda tamirdan chiqarilgan, jihozlari ham joy-joyida ornatilgan edi. Rahmon akaga ham oglining kursdoshi manzur kelib ikkalasi birga turishiga monelik qilmadi. Ikki kursdosh birga yashay boshlashdi. Mana hash-pash deguncha Sardor va Jasur oliygohning bitirish bosqichida. Oradagi otgan vaqt ichida ikki kursdosh huddi aka-ukaday qalin dost bolib ketishdi. Oliygohda ham barcha darsda birday faollik korsatar, bir-birining kamchiliklarini boshqalardan yashirib, yogini oshirib korsatishardi.

Erta sahar turib oshxonada ikki kishilik nonushta tayyorlayotgan Sardor:
-Jasur tursangchi darsga kech qolasan. Turmasang ozingdan kor, bilasana harakterimni...
-Bilaman, bilaman...
Ornidan bazor turganicha kozlarini ishqalab oz xonasidan chiqib Jasur oshxona tomon yuzlandi...
-Xormang uy bekasi. Agar qiz bola bolganingizda sizdan ajoyib xotin chiqardi-da, shartta ozim uylanvolardim.
-Xex. Qiz bolganimda sendaqa basharasiga gisht yoge beton gisht tushib ketganga tegarmidim, tegish u yoqda tursin hatto qaramasdim ham.
Bunday javobni kutmagan Jasur xoxolab kulishga tushdi. Sardor unga jor boldi. Jasur yuz-qolini yuvib chiqqanicha dosti Sardor mazali amletni tayyorlab boldi. Ikkalasi tort kishilik stol atrofiga baravar otirishdi. Nonushtani paqqos tushurgan Jasur dostiga rahmatni nasiya qilganicha, kiyimlarini almashtirish uchun xonasiga yugurib kirib ketdi. Xar galgiday idish-tovoq yuvish Sardorga qolib ketdi. Mana ular oliygoh qarshisida...
-Qaraya Sardor vaqtni tez otishini, mana oqishni bitirish bosqichiga yetib kelibmiza...
-Ha nimasini aytasan, seni oqishda qolib ketmasin deb shuncha yildan buyon tortib kelyapman. Qaraya...
-Uxxx senimi...
Jasur Sardorni quvlab ketdi.
-Tortib yurganmish, toxta strapila... kachok bolsang ozingga, yetvosam...
-Oliygoh hovlisida quvlashmachoq boshlandi. Shu payt oldinda ketayotgan Sardor huddi qol tormozi bosilgan mashinaday taqqa toxtadi. Sababi, kirish qongirogi chalingandi. Jasur qadamini sekinlatib Sardorning ortidan kelib uning boyniga chang soldi. Nomiga uning boynidan bogganday bolib keyin quyib yubordi. Birinchi dars tugab ikkinchisi, u ham tugab katta tanafus boshlandi. Ikkinchi darsdan chiqishar ekan Jasur:
-Sardor yur oshxonaga, qorin ochlikdan karnay-surnay chalmoqda.
-Nima balo, ozi sani iching tola qurtmi deyman. Bir kun ochqolib ketishsa ozingniham yeb qoyishadi. Mani qornim toq. Kutubxonaga kirishim kerak xali...
- Nima oqib faylasuf bolarmiding. Rasm chizish boyicha oliygohda senga yetadigani yoq. Nazariydaku gapirmasamham boladi. Ey sandaqa... Bu kishi yana dostmishlar.
Jasur guldiragancha soxta araz qilib oliygoh oshxonasi tomon ketdi.
-Tentak...
Miyigida kulganicha Sardor Jasur ketganga qarama-qarshi tomonga yurdi. Kutubxonadagi

ishlarini xal qilib ikkinchi qavat zinasidan pastga qarab tushar ekan uning nigohi bir nuqtaga qadaldi, qadaldiyu oyoqlari qadam bosishdan to`xtadi... (davomi bor)
Jozibali.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Birinchi marta
Yozdi: Хумоюн [M] * (12 Sen 2021, 00:35)
Ko'rilgan: 125
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa