Saytga kirish
A'zo bo'lish
SeXxUz.Ru - Ko`ngil ochar portal
Hikoyalar | Birinchi Muhabbatim
Salom!!! Yana ijodga qaytdim sizlarga o'z hayotimda bo'lib o'tgan birinchi muhabbatim haqidagi hikoyamni aytib bersam...

Bu voqealar boshlanganiga mana 18 yildan oshibdi o'sha damlarni eslasam yuragim hapriqib shirin hayollarga berilib ketaman.. Eh o'sha davrlarga qaytishni judayam hohlardim bu uchun borimni berardim agar iloji bo'lsa agar!!!


2001 yil...
O'shanda 5 sinfga o'tdim. Yonimga Nilufar degan sinfdoshim partadosh qilib joylashtirdi ustozim, ikkalamiz bir partada o'tirdik avval hech etibor bermagan ekanman, kundan kunga chiroyli ko'rinib borardi... Uzun tim qora sochlari, ko'zlari katta katta kipriklari uzun yanoqlarida kulgichlari bor edi.
A'lochi qiz edi men ham unchalik a'lochi bo'lmasam ham o'rtacha bilimga edim, ikkalamiz birga dars qilardik, bilganini menga o'rgatardi.
Bir kun nima bo'ldiyu gap talashib qoldik. Katta tanaffus payti edi. Bu birinchi marta emas edi avvallari ham gap talashib qolib jahl ustida daftarlarimizni yirtib, kitoblarimizni duch kelgan tomonga uloqtirib yuborardik keyin arazlashib yurardik bir ikki kun yana tezda yarashib olardik. Bu galgisi judayam oshib tushdi asosiy aybdor men edim.
Matematika darsi boshlanish arafasida edi, o'shanda...
- Kasrni bunaqa bo'lmaydi!
Mening o'jarligim tutib:
- Yo'q shunaqa bo'ladi. Nilufar mendanda o'jar edi.
- Yo'q mana bunday bo'ladi dedi ko'rsatib. Men esa hech yon bergim kelmasdi.
- Mana bu son qayerdan keldi esa tushunmay qolgan joyimni so'rab
- He shuni ham bilmaysanmi deb ustimdan kuldi.. Men yomon jahlim chiqib ketdi..
- Unday bo'lsa o'zing o'rgata qol dedim men.
- Uff qachongacha o'rgatamana sen bilmasvoyga o'rgataverib o'rgataverib o'zimda qolmadiku..
Shunaqangi jahlim chiqib ketdi
shundoq yonimda o'tiruvdi. Sochidan ushlab qattiqroq tortib yuboribman. U bo'lsa yig'lab yubordida:
- Hali qarab tur ustozga aytib beraman deb sinfdan yig'lab chiqib ketdi.. Yana bir nima esidan chiqqanmi qaytib kirdi sumkasini olib chiqib ketdi.
To'ppa - to'g'ri uyiga jo'nab qoldi. Bazi bir chaqimchi sinfdoshlarni karomati ila ustozim sinfga kirib keldi..
keyingi ustozim kirib mening yuzimga tarsaki tortib yubordi yuzlarim o'sha payti sholg'omday bo'lib ketdiyov o'ziyam ustozim urisha ketdi.
- Sen nega Nilufarni sochidan torting qiz bola bo'lsa:
- Meni kamsitdi ustoz, qoloqsan deb
- O'zimdan so'rasang bo'ladiku o'sha misolni, ikkalang qachongacha bir-biringni hafa qilasana hech odam bo'lmaysan sen deb dilimni yomon og'ritdi.. O'sha payti ustozimiz meni judayam hafa qildi, yana sinf to'la bolani ichida, men shartta o'rnimdan turdimda sumkamni yelkamga tashladimda sinfdan o'qday otilib chiqib ketdim, orqamdan ustozimiz baqirgancha qolaverdi.
- Umrzoqov to'xta, ortingga qayt degancha qolaverdi.
Men yig'lamsiragancha ortimga ham qaramay uyga ketdim...
Ikki uch kun maktabga bormadim...
Ustozim uyga keldi.
- Ha Sardorjon nega maktabga bormayapsan. Erkalab.
- Endi u maktabga qadam bosmayman.
- Nega?
- Shungada hech qachon bormayman.
Dadam aytdilar shahardagi maktabda o'qiysan dedilar (yolg'ondakam). - Nilufarni hafa qilmagin edida unaqada, qarasam ustozim meni o'ylab ancha gaplarni aytib tashladi.
- Ertaga maktabga borgin.
- Yo'q!!! Keskin ohangda
- Nimaga?
- Sababini o'zingiz yaxshi tushunib turibsizu ustoz..
- Eh hali bolasanda Sardor! Astoydil kechirim so'radi, o'zimdan katta odam kechirim so'rasa g'alati bo'larkan, men ham erib ketdim...
- Bir shart bilan boraman, maktabga.
- Qanaqa shart deya ustozim ham suyunganidan,
- Nilufar kelib kechirim so'rasin mendan o'shanda boraman maktabga!
- Ha sening ko'ngli ko'chasidan u sendan nega kechirim so'rash kerak, uni sen hafa qilgan bo'lsang. Yana buni gapini qarelar katta odamday arazlashlashinichi
- Nilufar nega unda meni hech narsani bilmaysan, bilmayvoyga chiqarib kamsitadi. Ustozim o'ylanib turib:
- Ertaga maktab borchi o'sha yerda hal qilamiz kerak bo'lsa Nilufar ham kechirim so'raydi sen ham uzr so'raysan sochidan tortganing uchun.
- Xo'p ustoz siz nima desangiz shu...
- Ha yaxshi. Shundoq bo'sin.

Shunday qilib maktabga bordim...
Nilufar ham kechirim so'radi, men ham uzr so'radim sochini tortganim uchun. Shunday qilib hazil huzul qilib oradan 3 yil o'tib ketdi.


8 sinfga o'tdigu sinfimizga bir qiz keldiyu..
Butun hayolimni o'g'irladi qo'ydi...
Davomi bor!!!
Jozibali.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: O`qish davrida
Yozdi: * Хумоюн [M] (6 Sen 2021, 23:29)
Ko'rilgan: 208
Reyting: 1
*1 | 0*
Fikrlar: (1)
*Xabar:

* ツYOLG'IZGINAMツ (7 Sen 2021, 23:05)
Omad
Bosh sahifa